Kirish
“Biologik xilma-xillikni moliyalashtirish: Tabiat uchun moliyaviy rejalarning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi” nomli mustaqil o‘rganish kursi BIOFIN metodologiyasiga amaliy kirish hisoblanadi. BIOFIN — milliy biologik xilma-xillikni moliyalashtirish rejalari ishlab chiqish va ularni amalga oshirish bo‘yicha global miqyosda e’tirof etilgan yondashuvdir. BIOFIN Workbook 2024 asosida ishlab chiqilgan ushbu kurs biologik xilma-xillik sohasidagi xarajatlar va moliyaviy ehtiyojlarni baholash, moliyalashtirish yechimlarini aniqlash va ustuvorlashtirish hamda ularni milliy siyosatlar va global biologik xilma-xillik maqsadlari bilan uyg‘unlashtirish bo‘yicha aniq va tizimli yo‘l xaritasini taqdim etadi. Siyosatni shakllantirish, biologik xilma-xillik loyihalarini boshqarish, moliya institutlarini boshqarish yoki moliyaviy strategiyalar bo‘yicha maslahat berish bilan shug‘ullanasizmi — ushbu kurs sizni biologik xilma-xillik masalalarini davlat va xususiy moliyaviy tizimlarga integratsiya qilish uchun zarur bilim va amaliy vositalar bilan ta’minlaydi.
Siz egallaydigan ko'nikmalar
Nimalarni o'rganasiz
- Biologik xilma-xillikni moliyalashtirish sohasida samarali muvofiqlashtirish va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun tegishli manfaatdor tomonlarni jalb qilish va zarur asoslarni yaratish
- Biologik xilma-xillikni moliyalashtirishning siyosiy, institutsional va iqtisodiy kontekstini tahlil qilish
- Davlat sektori, fuqarolik jamiyati va xususiy sektor tomonidan amalga oshirilayotgan biologik xilma-xillik xarajatlarini ko‘rib chiqish va baholash
- Biologik xilma-xillik maqsadlariga muvofiq moliyaviy ehtiyojlarni baholash (Financial Needs Assessment)ni amalga oshirish
- Biologik xilma-xillikni moliyalashtirish rejasini ishlab chiqish hamda eng maqbul moliyaviy yechimlarni aniqlash
- Biologik xilma-xillikni moliyalashtirish yechimlarini milliy va global strategiyalar bilan uyg‘un holda joriy etish

Kursni yakunlash talablari
- 6 ta interaktiv darsni to‘liq yakunlash
- Yakuniy testni muvaffaqiyatli topshirish
- 6 ta testdan har birini kamida 60% natija bilan topshirish
- Kurs bo‘yicha fikr-mulohaza shaklini topshirish
- 6 ta interaktiv darsni to‘liq yakunlash
- 6 ta testdan har birini kamida 60% natija bilan topshirish
- Yakuniy testni muvaffaqiyatli topshirish
- Kurs bo‘yicha fikr-mulohaza shaklini topshirish
Kurs modullari
Kursga xush kelibsiz! 3 ta mashg‘ulot
O‘zbek tilidagi muhokama forumi 1 ta mashg‘ulot
1-modul: Biologik xilma-xillikni moliyalashtirishga kirish va mamlakatda BIOFIN dasturini ishga tushirish 6 ta mashg‘ulot, 1 ta test
2-modul: Biologik xilma-xillikni moliyalashtirish siyosati va institutsional tahlili 6 ta mashg‘ulot, 1 ta test
3-modul: Biologik xilma-xillik xarajatlari tahlili 6 ta mashg‘ulot, 1 ta test
4-modul: Biologik xilma-xillik bo’yicha moliyaviy ehtiyojlarni baholash 5 ta mashg‘ulot, 1 ta test
5-modul: Biologik xilma-xillikni moliyalashtirish rejasi 5 ta mashg‘ulot, 1 ta test
6-modul: Biologik xilma-xillikni moliyalashtirish rejasini amalga oshirish 6 ta mashg‘ulot, 1 ta test
Yakuniy test 1 ta test
FAQs
1. Kurs nechta tilda mavjud?
Kurs ingliz, ispan, fransuz, rus va o‘zbek tillarida taqdim etiladi.
2. Ushbu kursga yozilish uchun qandaydir malaka talab qilinadimi?
Yo‘q. Kurs ayniqsa siyosat ishlab chiquvchilar, moliya mutaxassislari hamda biologik xilma-xillikni moliyalashtirish rejalashtirishida ishtirok etuvchi tabiatni muhofaza qilish amaliyotchilari uchun foydali bo‘lsa-da, tabiat uchun moliyaviy yechimlarni ishlab chiqish va joriy etishni o‘rganishga qiziqqan har qanday shaxs uchun ochiq.
3. Kursga yozilish uchun qanday texnik talablar mavjud?
Kurs materiallariga kirish va talablarni bajarish uchun internetga kirish imkoniyatingiz bo‘lishi kerak (hatto vaqti-vaqti bilan bo‘lsa ham).
4. Kursni tamomlaganlik sertifikatini olish uchun qanday talablar bajarilishi kerak?
Sertifikatni olish uchun siz 6 ta onlayn darsni, 6 ta testni, yakuniy testni hamda kurs so‘rovnomasini to‘liq yakunlashingiz kerak.
5. Kurs materiallariga kirish uchun maxsus tizim talablari bormi?
Yo‘q, ushbu kurs materiallarini ko‘rish uchun maxsus tizim talablari mavjud emas.
6. Kursni tugatgach, sertifikatni qanday olaman?
Kurs talablarini to‘liq bajarganingizdan so‘ng, kursni tamomlaganlik sertifikati avtomatik ravishda yaratiladi va kursning bosh sahifasida PDF formatida yuklab olish uchun taqdim etiladi. Sertifikatni yuklab olish uchun kurs bosh sahifasidagi “Kurs mudarijasi” bo‘limi ustida joylashgan “Sertifikatni yuklab olish” tugmasini bosishingiz kerak.
7. Kurs koordinatori bilan qanday bog‘lanish mumkin?
Agar kurs bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa yoki texnik muammolarga duch kelsangiz, quyidagi manzil orqali murojaat qilishingiz mumkin: info@learningfornature.org.
Shuningdek, kurs sahifasining yuqori qismida joylashgan “Kurs koordinatori bilan bog‘lanish” tugmasi orqali ham bog‘lanish mumkin.